O'zbekistonda qishloq xo'jalik texnikalari bo'yicha konstruktorlik byurosi tashkil etildi

4 oktabr kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 12-yalpi majlisi bo'lib o'tgani haqida xabar bergan edik. Unda O'zbekiston Bosh vaziri o'rinbosari, «O'zagrotexsanoatxolding» boshqaruvi raisi Nodir Otajonov hukumatning O'zbekistonda yetishtirilayotgan paxtalarni mexanizatsiyalashgan holda yig'ib-terib olish dasturi haqida senatorlarga axborot berdi. 

“«O'zagrotexsanoatxolding» kamida 40 mingta qishloq xo'jalik texnikalarini ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Shu maqsadda xodimlarning malakasini oshirishdan tashqari, sohaga olimlar va akademiklar jalb etildi. Xolding huzurida konstruktorlik byurosi tashkil etilib, ungi Janubiy Koreya respublikasining 8 mln dollarlik grant mablag'lari jalb etildi. U shu yilning noyabr oyidan to'laqonli o'z ishini boshlaydi.

2018 yilda 3000 dona ishlab chiqilishi belgilangan paxta terish mashinasining 600 tasi eksportga mo'ljallangan. Bundan tashqari, paxta yetishtirishda xorijiy hamkorlar bilan klasterlar tashkil etiladi. Mana, Prezident Mirziyoyevning AQShga tashrifi chog'ida dunyoning yetakchi kompaniyalaridan biri va Case New Holland kompaniyasi bilan ham shartnomalar imzolandi. Kelasi yili ular ishtirokida O'zbekistonda 300 ta paxta terish mashinasi ishlab chiqiladi”. 

Uning qayd etishicha, Case New Holland kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqiladigan traktorlarni paxta terish mavsumidan so'ng, gorizontal shpindellardan ajratib olgan holda qishloq xo'jalik ishlariga, xususan, shudgorlash, yuk tashishda ham foydalanish mumkin bo'ladi.

Otajonovning aytishicha, hozirda, bu borada Vazirlar Mahkamasi tomonidan paxtani mashinada terish bo'yicha me`yoriy hujjatlar, paxtaning naviga doir standartlar ishlab chiqilmoqda. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining yaqin 5 yilda 14-15 ming paxta terish mashinasi ishlab chiqish bo'yicha aniq maqsadlii dasturi yo'lga qo'yilmoqda. Manba: Kun.uz

Ўзбек

Manzil

O`zbekiston respublikasi, Farg`ona viloyati, Farg`ona shahar, S.Temur ko`chasi 245-uy.

Elektron manzil: far.fs@markaz.uz

Telefon : +9989(73) 226-42-46

Faks: +9989(73) 226-42-46

© Barcha huquqlar himoyalangan. | Farg`ona sanoat kasb-hunar kolleji 2017

Xarita